Zakotni onamga bersam bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Meni onam bozorda savdo qiladi, ularni tovar olib keladiganlardan qarzlari bor. Zakotni ularga bersam bo‘ladimi? 2. Uyda yangi xaydalmay turgan moshinam bor, moshinam uchunam zakot beramanmi? 3. Mablag‘imni yarimi qo‘limdamas, ya’ni qarzga berib qo‘yibman. Zakotni qo‘limdagi mablaqqa qarab beramanmi yoki xamma pulimni xisoblab shunga qarab beramanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ota-onaga zakot berilmaydi. 2). Mashina sotish uchun olinmagan bo‘lsa zakotga qo‘shilmaydi. 3). Hamma pulingizdan berasiz. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 14:26 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar