Do‘stimning uyqusida narsa bosishi

Assalomu alaykum! Mening bir do‘stim bor. U 5 vaqt namoz o‘qiydi, Qur’on o‘qiydi. Taxoratli xolda va uxlashdan oldingi duolarni o‘qib uxlaydi. Lekin vaqti-vaqti bilan meni bir narsa bosadi deydi. Bosgan vaqtida biqinimga bigiz sanchilgani kabi qattiq og‘riq turadi deydi va gapira olmay qolaman. Kalima keltirsam xam qo‘yib yubormaydi deydi. Biroz vaqtdan keyin esa qo‘yib yuboradi deydi. Hurmatli ustozlar savolim bu nima sababdan ro‘y beradi? Bunga chora sifatida nima qilish mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aslida bu ham yaxshilik. Chunki ba’zilar zikrdan va ibodatdan g‘aflatda qolganida Alloh taolo unga shunday holatlarni ro‘baro‘ qilib qo‘yadi. Shu bilan umrini zikr va ibodatda o‘tkazib, oxiratda najot topadi. Tungi va tongi duolarni o‘qib yotsin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:18 | Savol-javoblar | 181 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar