Marxumga ma’raka kaysi kundan xisoblanadi

xurmatli shayx xazratlari, islom uchun qilgan xizmatlaringizni Allox dargoxida qabul qilsin. Savol; bizda o‘lik chiqqan xonadonda uch kundan keyin ma’raka ya’ni kozon osilib xalqqa osh beriladi, shu ma’raka marxumning joni uzilgan kundan xisoblanadimi yoki qabrga qo‘yilgan kundan? ba’zi joylarda marxumni uzoqdan qarindosh yoki yaqin odami kelishini kutib, qabrga kechroq qo‘yiladi, shunday vaqtlarda ko‘p kelishmovchiliklar bulyabdi. sizdan iltimos ustoz, javobni dalil,xujjatlar bilan yozsangiz ko‘p mu’minlarga to‘gri yo‘l ko‘rsatgan bulasiz Aassalomu alaykum.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qabrga qo‘yilgandan. Osh berish majburiy emas. Istagan qiladi, istamagan yo‘q.

30 Aprel 2022, 14:12 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar