3 taloq yozib bersa

Assalomu alaykum! Bir tanishim nikoxidagi ayolga telefon orqali 3 taloqsan deb sms xabar jo‘natiptilar. Lekin ular buni o‘z og‘zim bilan aytmadim va ayolim qulog‘i bilan eshitmadi, demak 3 taloq o‘tmaydi degan fikrdalar. Bu vaziyatda 3 taloq tushadimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gapirishga qodir bo‘laturib yozib taloq qo‘ysa ham taloq tushadi. Ularga uch taloq tushgan va birga yashashlariga yo‘l yo‘q. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 14:37 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar