Bankdagi omonat

Assalomu alaykum! Bankda omonat pul qo‘ygan edim. Bank tomonidan beriladigan foiz pullarni hozirgi kunda o‘ta qiyin ahvolda yashaydigan beva-bechora kishilarga inshaAlloh berish niyatim bor, lekin pulni va qo‘shimcha foizni olish muddati hali kelmagan va uzoq vaqtdan keyn olish mumkin. Omonot muddatini kutmay bankdan beriladigan foiz pulini hisoblab ana usha foiz pulini hoziroq muhtoj, bechora kishiga bersam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qo‘lingizga hammasini olganingizda, aslini olib qolib, qo‘shilganini savob umid qilmasdan berib yuborishingiz kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:18 | Savol-javoblar | 184 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar