Tahoratsiz holda yotish

Assalomu alaykum! Shunday hadislarni o‘qib qolamiz. Payg‘ambarimiz (s.a.v) aytadilar kim Amanar Rasuli oyatini uyqudan oldin o‘qib yotsa tungi ibodat qilganga teng. Kim yotog‘iga kirganda ushbu istg‘forni uch Marta aytsa dengiz ko‘pigicha gunohlari bo‘lsaham kechiriladi degan ekanlar.»Astag‘firullaxallaziy laa ilaha illa Xuval Xayyum va atubi ilayx» . Meni bir savol qiynaydi men taxoratni bir namozga zo‘ rg‘a ushlab turaman. Yotishimda taxoratli xolda bo‘miyman taxoratsiz bo‘lsak ham bu oyat va duolarni o‘qib yotsak ajir bormi. Taxorat olsam tez peshob qistagani uchun taxoratsiz yotamanda. Yozuvda xatolar bo‘lsa uzur so‘rayman ustozlar! Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Uzrli holda bo‘lsangiz joiz bo‘ladi va va’da qilingan savoblardan umidvor bo‘ling. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:54 | Savol-javoblar | 179 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar