ishim tug‘rimi

men ishlagan joyda odamlar oylik chiptalar bilan sport komplexiga kirishadi lekin oylik chiptali yoq odamlarkunlik pul tulashadi, men ba‘zida mening ham mehnatim singayaptiku deb ozroq usha puldan olardim, shu ishim tug‘rimi, chunki tulagan oyliklari boshqa jpylarnikidan kam edi ishlari juda kup, men bolsa mehnat qilyap,amku agar men ruxsat bermasam kunlik mijozlar kirmasligi mumkin deb uylayman
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu ishingiz mutlaqo noto‘g‘ri. Siz mehnat shartnomasidagi maoshga rozi bo‘lib ishga kirgansiz. Agar ish haqini oz deb bilsangiz, uni ish beruvchiga aytishingiz. Maoshni ko‘patirishni so‘rashingiz kerak. Har kim o‘zicha, o‘z bilganini qilaversa huquqlar poymol bo‘lib, dunyo buzilib ketadi. Men ruxsat bermasam mijozlar kelmasligi mumkin, deganingiz qiziq. Siz ruxsat bermasangiz ishdan haydalasiz va o‘rningizga boshqa odamni ishga oladilar. U erdagi ishni siz emas, muassasaning egalari tashkil qilishgan. Agar o‘sha narsani qurib ishga tushirmasalar, siz qaerdan ish topar edingiz?!

7 May 2022, 15:32 | Savol-javoblar | 159 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar