Nafl va sunnat namozi
Assalomu alaykum! Men yaqinda namoz o‘qishning makruh va xarom qilingan vaqtlari haqida o‘qib qoldim va quyidagini o‘qidim: "Tong otgandan so‘ng bomdodning sunnatidan boshqa nafl namozlarni o‘qish makruh". Men bomdod namozini masjidga chiqib o‘qishni boshlagandim. Masjidga etib borgunimcha tong otib azon aytilgan bo‘ladi. Lekin farz namozgacha taxminan 20-30 daqiqa vaqt bo‘ladi. Masjidga kirib eng avval 2 rakat taxiyatul masjid namozini o‘qiyman, keyin esa bomdodning 2 rakat sunnat namozini o‘qiyman. Bunday xolatda taxiyatul masjid namozini o‘qish makruh bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri qilar ekansiz. Undan ko‘ra kirganingizdan qazolaringizni o‘qing. Shunga ruxsat bor. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 15:32 | Savol-javoblar | 153 | Namoz