Qarz bermaslik
Assalomu alaykum! Men bir tanishimga ancha oldin pul qarz bergan edim, qarz qaytarish muddati kelganda qarzni qaytarmadi, ancha o‘tgandankin ham, menga pul zarur bo‘lganda ham bermadi, uzoq vaqtdan so‘ng qarzini yarmini arang berdi, qoganini kechdim. Biroz vaqtdan so‘ng yana o‘sha kishi qarz so‘radi. Men pulim yo‘q dedim, ammo pulim bor edi, men bu ishim bilan gunohkor bo‘lganmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qarz berishlik eng savobli ishlardan ekanligi barchaga ma’lum. Ayniqsa, muhtoj qarindosh-urug‘ va do‘stlarga berilgan qarzning savobi yanada ulug‘ bo‘ladi. Imom Muslim rivoyat qilgan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyidagicha marhamat qiladilar: “Kim bir mo‘mindan bu dunyoning tashvishlaridan birini aritsa, Alloh taolo undan Qiyomat kunining tashvishlaridan birini aritadi. Kim bir kambag‘alning ishini engillatsa, Alloh uning bu dunyoyu oxirat ishlarini engillatadi...”
Shariatimiz kambag‘alning qarzini kechishga chaqiradi va bu ishni qiyomat kunida bandaning gunohlari o‘chirilishiga sabab qildi. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Bir kishi odamlarga qarz berar edi va xizmatkoriga: “Qarzini uzishga qiynalgan kishining yoniga (qarzni so‘rab borsang), undan (qarzini) kechgin, shoyadki Alloh ham bizdan (gunohlarimizni) kechsa”, – der edi”. Payg‘ambarimiz alayhissalom: “U Allohga yo‘liqdi va uning gunohlarini kechdi”, – dedilar”
Qarz olgan inson uni uzishga etarli mablag‘ topishi bilanoq haqqini ado qilishi lozim. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam imkoni bo‘la turib qarzni uzmaslikni zulm deganlar. “Boyning cho‘zib yurishi zulmdir”. Imom Buxoriy rivoyat qilgan.
Shunday ekan, qarz berishlik shariat targ‘ib qilgan savobli amallardandir. Ammo vojib emas. Siz birodaringizga qarz bermaslikka haqqingiz bor, ayniqsa u kishi qarzni to‘lamaslik bilan barchaga tanilgan bo‘lsa. Lekin, mablag‘ingiz bo‘la turib “pulim yo‘q” deyishingiz to‘g‘ri emas. Bu yolg‘on hisoblanadi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 19:41 | Savol-javoblar | 186 | Moliya va tijorat