Ro‘za haqida muhim

Assalomu alaykum! 1. Meni bazida labim terisi quridi va terisi kichkina shilinadi, shuni men bazida bilmasdan yutvorgandek bo‘lyapman, agar ro‘zadorda shunday hol bo‘lsa ro‘zasi ochiladimi? 2. Ro‘zador 1 yoki 2 ta kichkina soch qilini yutvorsa ham ro‘zasi ochiladimi? 3. Qazo ro‘zani tutish uchun o‘sha kuni subhi sodiq chiqmasdan niyat qilib olsa bo‘ladimi? Yani uxlashidan oldin emasda saharlikda turganida hali subhi sodiq kirmagan bo‘lsa qazo ro‘zansini niyat qilib olsa bo‘ladimi? Ro‘zasi durust bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1-2). Bunchasiga ochilmaydi. 3). Bo‘ladi. shomdan keyin ertaga qazo tutaman deb niyat qilib olsa ham bo‘ladi. saharlikka turganda yana qayta niyat qilib olaveradi. Turmasa o‘sha niyat kifoya qiladi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 15:54 | Savol-javoblar | 155 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar