4 rakatli namozni 3 rakat o‘qilganligi haqida hadis
Assalomu alaykum! Men bir xadis o‘qigandim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam saxobalari bilan namoz o‘qidilar va aniq esimda yo‘q taxminan 4 raakatli namozni 3 raakat qilib tugatdilar. Shunda saxobalar so‘radilar “ey Allohni xabibi namoz qisqardimi?” Payg‘ambarimiz alayxissalom “Nimaga bunaqa deyabsizlar” deganlarida saxobalar 4 raakatli namozni uch raakat qilib o‘qganlarini aytishadi. Shunday hadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shunday hadis bor. عَنْ عِمْرَانَ بْنِ الْحُصَيْنِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَلَّمَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي ثَلَاثِ رَكَعَاتٍ مِنَ الْعَصْرِ ثُمَّ قَامَ فَدَخَلَ الْحُجْرَةَ، فَقَامَ رَجُلٌ بَسِيطُ الْيَدَيْنِ فَقَالَ: أَقُصِرَتِ الصَّلَاةُ يَا رَسُولَ اللهِ؟ فَخَرَجَ مُغْضَبًا فَصَلَّى الرَّكْعَةَ الَّتِي كَانَ تَرَكَ ثُمَّ سَلَّمَ ثُمَّ سَجَدَ سَجْدَتَيِ السَّهْوِ ثُمَّ سَلَّمَ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَأَحْمَدُ Imron ibn Husayn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Asr namozida uch rak’atdan keyin salom berdilar. So‘ngra turib, hujraga kirdilar. Bas, qo‘li uzun odam turib:
«Namoz qisqa qisqartirildimi, ey Allohning Rasuli?» dedi. So‘ng u zot achchiqlangan holda chiqib, tark qilgan rak’atlarni o‘qidilar, so‘ngra salom berdilar. Keyin ikki sahv sajdasini qildilar. Keyin yana salom berdilar».
Muslim, Abu Dovud va Ahmad rivoyat qilganlar.
Sharh: Ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga sahv bo‘lganini eslatishga jur’at etgan odam yana Zul Yadayni roziyallohu anhu bo‘ldilar.
Ushbu rivoyatda sajdai sahvdan oldin ham, keyin ham salom berish zikr qilinmoqda. Bizda aynan shu rivoyatga amal qilinadi. Ya’ni, unutish sodir bo‘lganda namoz oxirida ikki tomonga salom bergach, sajdai sahv qilinadi, undan keyin yana salom beriladi.
Imom sahv qilsa, sajdai sahvdan oldingi salomni bir tomonga qiladi, xolos. Shunda namozga keyin kelib qo‘shilgan odam ham sajdai sahv bo‘lishini anglab oladi. Ikki tomonga salom bersa, namozga keyin qo‘shilgan odamning keyingi namozni davom ettirish uchun o‘rnidan turib ketishi hollari bo‘ladi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
7 May 2022, 16:05 | Savol-javoblar | 163 | Hadislar