Soqol va tabobat

Assalomu alaykum! Nimaga tibbiyot xodimlari soqol qo‘yishlari mumkin emas? Taqiqlaydilar. Buyuk tibbiyot ilmi donosi Abu Ali ibn Sino ham soqol qo‘yganku(O‘rta asrlarda hamma soqol qo‘ygan). Soqolda mikrob o‘rnashadi deyishadi. Boshini yuvgan odam yuzini u bilan birga soqolini ham toza tutadiku. Islom tozalikka asoslangan. Mikrob tushishini bular(taqiqlayotganlar) bilsa. Ibn Sino mikrob haqida 1000 yil oldin aytib ketganlar-ku. U kishi bilmasmidilar. Albatta bilardilar. Nimaga taqiqlanadi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu gapni yuzini besh mahal yuvmaydiganlar, ichib olib qay’ qilganida soqollariga yopishib, yuvmaganlaridan soqollarga qurt tushganlar aytganlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:15 | Savol-javoblar | 148 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar