Oshni axlatga tashlamang, kambag‘al, gado bo‘lasiz kabi gaplar

Assalomu alaykum! Men bir ayolni ko‘p ayollarga va’z o‘qiyotganda "Payg‘ambarim alayhissalom aytdilar"- deb bir necha narsalardan ogohlantirdi, meni bu gaplarni Payg‘ambarimiz s.a.v. aytganlariga ishonchim komil emas, u kishini nomidan yolg‘on gapirish katta gunoh, ilm egalari sizlardan iltimosim shu ayolni gaplari asosli yoki asosli emasligiga aniqlik kiritib bersangiz: 1. Oshni axlatga tashlamang, kambag‘al, gado bo‘lasiz. 2. Kulni axlatga solmang faromushlik, kasallik keladi. 3. Choyni qoldig‘i, shamani axlatga tashlamang. 4. Namozshomda qozon qaynatganda og‘zini berkitib qaynating, bo‘lmasa shayton bolasini qozonning ichiga tashlaydi, shu ovqatni egan odam namozga dangasa bo‘lib qoladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayni shu so‘zlar bilan emas, boshqacharoq idishdan to‘kilganini shaytonga tashlamanglar degan ma’noda so‘zlari bor. 2). Bu gap yo‘q. 3). Bu ham yo‘q.4). Bu ham yo‘q. U ayol rostdan ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yolg‘on to‘qibdi yoki to‘qiganning gapini aytibdi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 16:16 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar