Turmush qurish borasida

Assalomu alaykum! Yoshim 21da. Nufuzli institutlarning birida taxsil olaman. Juda kup joylardan sovchilar kelyapti, ammo xali kunglimga utiradigan insonni uchratganim yuk. Karimloshlar, yakin tanishlar tomonidan turmush kurish vakti keldi degan ma’noli gaplarni oxirgi paytlarda kup eshityapman. Xatto onam:»Sen utiraversang kolib ketasan. Sendan xarakat, mendan barokat deyilgan» deb kup aytadigan bulib koldilar. Mana 2 yildirki, Allohga shukur namozni to‘liq ado etyapman va o‘ylashimcha, onam aytayotgan gaplari noto‘g‘ri, chunki ular aytganidek «Harakat qilish» zinoga kiradi, shunday emasmi? Shuningdek, insonning taqdiri tug‘ilishidan ancha oldin hal qilib qo‘yilgan bo‘ladi-ku. Men hech qanda harakat qilmasam ham, rizqim etib keladi-ku, to‘g‘rimi?
Iltimos, shu xolatga dinimiz qanday qarashi haqida ma’lumot bersangizlar, bu men uchun juda muhim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Xulqi va diniga rozi bo‘ladigan darajadagi odamdan kelsa, kechiktirmaslik kerak. Hamma tomonlama mukammalini qidirish shart emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:43 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar