Ushbu holatda ribo bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Yaqin orada «rassrochka» ga ya’ni bo‘lib to‘lashga kompyuter olmoqchi edim. Rasrochka haqidagi savol javoblarni o‘qiganimda [*"Agar vaqtida to‘lamasa ustama(penya) to‘lash sharti bilan bo‘lsa joiz emas."*](https://savollar.islom.uz/s/52797) degan javob berilgan ekan. Keyin Murobaha va tavliya savdosi haqida o‘qiganimda quyidagilarni o‘qidim: ***Mijoz moliyalashtirayotgan shaxs yoki muassasaga pulni qachon berishini va’da qilayotganda qo‘shimcha ravishda “Agar mijoz falon vaqtgacha pulni bera olmasa, kelishilgan narxdan ortiq falon so‘mni biror xayriya fondiga to‘lab beradi”-deb kelishishlari mumkin. [(manba)](https://savollar.islom.uz/s/85795)*** Keyinchalik do‘konning savdo shartlari bilan tanishib chiqayotganimda shu satrlarga ko‘zim tushib qoldi: ***9.9. V sluchae pokupki Tovara v rassrochku i ne oplatы ili prosrochki oplatы za dannыy Tovar v sootvetstvii s grafikom platejey, vыbrannыm Pokupatelem pri zakaze Tovara cherez lichnыy kabinet i ogovorennыx v Zayavke Pokupatelya, Prodavets na svoe usmotrenie, no ne ogranichivayas: 9.9.1. nachislyaet i snimaet penyu s bankovskoy kartы Pokupatelya putem rekurrentnogo (avtomaticheskogo) plateja v razmere 3 % ot summы prosrochennogo plateja za kajdыy den prosrochki v period s datы vozniknoveniya prosrochennoy zadoljennosti (ne vklyuchaya etu datu) po datu polnogo pogasheniya prosrochennoy zadoljennosti (vklyuchitelno), no ne bolee 50% ot summы prosrochennogo plateja, i vozmestit ubыtki v chasti, prevыshayuey etu summu. Pri etom, vsya summa neustoyki budet napravlena v obestvennuyu i/ili blagotvoritelnuyu organizatsiyu po vыboru Prodavtsa.*** Savol quyidagicha: Agar «rassrochka» ga tovar sotayotgan savdo do‘koni mijoz pulni belgilangan muddatda to‘lolmasa «penya» undirish sharti bilan sotsa va o‘sha undirilgan ortiqcha mablag‘ni sotuvchi xohishiga ko‘ra xayriya jamg‘armasiga va/yoki jamoat tashkilotiga o‘tkazib beradigan bo‘lsa bu riboga kiradimi? Agar ribo hisoblansa uning o‘rniga qanday shart bilan kelishgan ma’qul. Sababi, afsuski bizning odamlarimizga "vaqtida to‘lamasang ortiqchasi bilan undirib olamiz" degan shart qo‘yilmasa vaqtida to‘lamay yuraverishadi. Ilmsizligim uchun sizlardan uzr so‘rayman ustozlar. Alloh ishlaringizga baraka bersin va sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Unda u shartnoma avvaldan penya emas vaqtidan kechiktirilsa ma’lum bir miqdorni o‘sha xayriya jamg‘armasiga o‘tkazasiz – deb tuzilishi kerak. Kechiktirsa sud orqali undirib bo‘lsa ham o‘sha jamg‘armaga o‘tkazish kerak. U narsani sotib olish uchun bankdan qarz ham olinmasligi kerak. Chunki bank foizga qarz beradi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:30 | Savol-javoblar | 158 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Unda u shartnoma avvaldan penya emas vaqtidan kechiktirilsa ma’lum bir miqdorni o‘sha xayriya jamg‘armasiga o‘tkazasiz – deb tuzilishi kerak. Kechiktirsa sud orqali undirib bo‘lsa ham o‘sha jamg‘armaga o‘tkazish kerak. U narsani sotib olish uchun bankdan qarz ham olinmasligi kerak. Chunki bank foizga qarz beradi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:30 | Savol-javoblar | 158 | Moliya va tijorat