Ruhiy tarbiyam

Assalomu alaykum! Man 5mahal namoz o‘qiyman, ro‘za tutaman, zikr qilib yuraman iloji boricha, odamlarga yahshilik qilishga urinaman har doim riyokorlikdan qochishga harakat qilaman, shariatni qoidalariga rioya qilishga urinaman, ko‘p sunnatlarni ado etishga harakat qilaman, xaromdan tiyilaman atrofdagi yaqinlarim ham mani juda taqvodor deb atashadi lekin mani ichimda juda ham yamon hayollar keladi man o‘zimni munofiq deb o‘ylayman rosti ham balki shundaydir lekin man shu narsadan qiynalaman man haqiqiy iymonni topishni hohlayman kechalari tahajjudlarga ham turaman nima desam man Allohdan umid qilaman lekin qo‘rqmay qoldim deb uylayman duolarimda ham chin dildan duo qilmay qo‘ydim namozni ilk boshlagan paytlarimda lekin juda ham boshqacha edi hozir bo‘lsa shunchaki duo qilaman holos man aslida qanday insonligimni o‘zim ham bilmay qoldim iltimos yordam beringlar bazida ota-onamga ham yamon muomala qilaman lekin buni aynan sababi yaqinlarimning shariatga beparvoligi uchun ularga o‘rgatimchalik qilaman buni yamonligini ham bilaman lekin o‘zimni tiyolmayman aslini olganda hayotdan mazmun yuqotib qo‘ydim qanday yashashni bilolmay qoldim manga yo‘l ko‘rsatinglar juda qiynalayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hazrati Umar roziyallohu anhular ham umrlarining oxirigacha “Men munofiq emasmanmikan” deb o‘tganlar. Siz hamma ishda shariatga amal qilavering bo‘ldi. Hayotda biror narsani rejalashtiring va o‘shanga intilib harakat qiling. Bular bekorchilikdan. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 17:11 | Savol-javoblar | 140 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar