Behayo videolar tarqatish

Assalomu alaykum! Ustozlar, meni bir tanishim bor. Sizlardan kelgan javoblarga qattiq rioya qiladi. Men bir necha bor gapirdim tushuntirdim, lekin quloq solmayabdi. Sizlardan iltimos shu masalani kengrok tushuntirib bersangizlar. Telefoniga kelayotgan har xil besharm rasm va videolarni tez o‘chirib tashlash o‘rniga uni hamma do‘stlariga, gruppalarga  tarqatgan inson va doim ko‘rib yuradigan inson  shu gunoh ishni tarqalishiga  sabab bo‘layotgani uchun gunohkor bo‘ladimi? Bunaqangi insonlar Alloh xuzurida qilmishlari uchun qanday javob beradi? Shu ishlari dunyosiga, oilasiga, ishlari va  hayotiga ham ta’siri bormi? Yana bu ishlarni bo‘ydoqlar emas kapkatta kishilar qilsa?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Nur” surasida marhamat qiladi: إِنَّ الَّذِينَ يُحِبُّونَ أَن تَشِيعَ الْفَاحِشَةُ فِي الَّذِينَ آمَنُوا لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ وَاللَّهُ يَعْلَمُ وَأَنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ۝ 19. Albatta, iymon keltirganlar ichida fahsh tarqalishini yaxshi ko‘radiganlarga bu dunyoyu oxiratda alamli azob bordir. Alloh biladir, siz esa bilmassiz. ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 10:57 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar