Shomni vaqti

Assalomu alaykum! Alloh umringgizni ziyoda qilsin! Juda qiyin ahvoldaman chunki namozimni hech bunday kechiktirmagandim! Iltimos yordam bering! Izlash xizmatidan to‘liq javob olmadim. 1)Soat 18:25da Asrni o‘qib bo‘lib chiqdim va tog‘am buvam va buvimni kasalxonadan chiqishini va ularni olib kelishimizni aytdi. Men shomni vaqti chiqqunicha ulguraman deb o‘yladim. Soa 18:40lar atrofida yo‘lga chiqdik. Shomni vaqti bizning shaharda 19:50da kiradi va 21:09da chiqadi. Soat 21:04da uyga keldik va tavakkal qilib Shom namozini o‘qidim va 3rakat farzni soat 21:08da tugatdim. 2rakat sunnatni esa 21:10 da tugatdim. Shom namozi 21:09da chiqqan edi. Mening namozim durust emasmi? 2)Keyin menda imkoniyat bor edi tahoratim ham bor edi kasalxonaning xovlisida maysalarning ustida o‘qishga! Men o‘qimaganim sababi, egnimda shortik(tizzadan biroz tushgan) va futbolkada edim! Va uy kiyimda edim xojatxonaga kirganman va boshqalar...., savolim shuki shu holatimda namoz o‘qishim kerak edimi? Endi nima qilay qazosini o‘qiymi? Lekin shomni vaqti chiqqunga qadar 3rakat farzni ado qildim, 2rakat sunnatni tugatganimda 1daqiqa kech qoldim. Mening taqvimim Islom.uz saytining ilovasi bo‘yicha.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Namozingiz durust.2). Kiyimlarga najosat tegmagan bo‘lsa, tizzadan pastroqda bo‘lgan shortik bilan o‘qisangiz, zimmangizdan ado bo‘lar edi. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 10:11 | Savol-javoblar | 142 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar