Iyso alayhissalom

Assalomu alaykum! Allohga shukur sizlarni maslahatingiz bilan shayh Hazratlarini “Hadis va hayot” to‘plamlarini 19-juzini o‘qiyapman. Bu kitobni o‘qib suyukli payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vassalamni butun insoniyat, hatto payg‘ambarlar orasida ham eng afzali ekanliklariga yanada amin bo‘ldim. Hozirda men bir tanishim bilan yashab birga Allohga ibodat qilamiz. Gap shundaki tanishim Allohning barcha payg‘ambarlarini birdek ko‘radi yoki Allohning eng suyukli payg‘ambari bo‘lsa ham bu Iyso alayhissalom bo‘lishlari kerak, chunki ular Allohning o‘g‘li hisoblanadilar deyapti. Shunday deyish to‘g‘rimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday deyish shirk. Alloh taolo "Ixlos" surasida marhamat qiladi:   لَمْ يَلِدْ وَلَمْ يُولَدْ۝ 3. U tug‘magan va tug‘ilmagan.
Ya’ni Uning farzandi ham, ota-onasi ham yo‘q.
Chunki tug‘ish, tug‘ilish bandalarga xos, Alloh taologa nisbatan esa bu sifatlar to‘g‘ri kelmaydi.
Bu oyatda ko‘pgina buzuq e’tiqodlarga raddiya bor, jumladan:
– mushriklarning «Farishtalar Allohning qizlaridir» degan e’tiqodiga;
– yahudiylarning «Uzayr Allohning o‘g‘lidir» degan e’tiqodiga;
– nasorolarning «Iyso Allohning o‘g‘lidir» degan e’tiqodiga;
– tug‘ilib o‘sgan narsalarni, xususan, hayvon yoki odamlarni iloh deb e’tiqod qiluvchi barcha toifalarning e’tiqodlariga. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

7 May 2022, 17:33 | Savol-javoblar | 166 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar