Ayolim itoat qilmaydi

Assalomu alaykum! Ayolim ko‘p xolatlarda aytganim qilmedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlariga amal qilgan xolda ayolimga muomala qilaman. Ko‘p xolatlarda o‘z xukmini o‘tkizishga urinadi va aytganini qilmasam yoqmayotgan bo‘lsam ketoraman deydi. Misol uchun: biror erga borsek mashinam bor Alxamdulillax mashinani oldiga o‘tiraman yoinki mashina minaman deydi. Ayol eriga itoat xaqida aytaman amal qimedi. Shu borada maslaxatilar kerak edi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har bir inson Alloh bilan o‘rtasidagi muomalani to‘g‘rilasa Alloh uni ham boshqa insonlar bilan orasidagi muomalasini to‘g‘rilab qo‘yadi. Avvalgi solihlar “Biz Allohga biror gunoh qilganimizni ulovlarimiz gapimizga kirmaganidan bilar edik” der ekanlar. Oilani buzish oson, ammo uni sabr bilan isloh qilish mo‘minning ishi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 20:29 | Savol-javoblar | 173 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar