Islomga kirishiga sabab bo‘lish

Assalomu alaykum! Men bir insonni Islom dinini qabul qilishligiga sababchi bo‘lsam va bu inson bilan turmush qursam menga savob yoziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta ulkan savob bo‘ladi. Uni qilgan har bir savobli amalidan sizga tenma-teng savob yozilib turadi. Ammo faqat nikohlanish uchun islomga kirib, qolgan hukmlarga amal qilmasa nikohlanishingiz joiz emas. Hozirda koreyts millatiga turmushga chiqayotganlarda shu holat bo‘lmoqda. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 17:44 | Savol-javoblar | 189 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar