Ishlash mumkinmi?

Assalomu alaykum aziz ustozlar!  Men turmushga chiqqanman, farzandim bor. Rassomlikka o‘qiganman, lekin dinimizda rasm chizish mumkin bo‘lmagani va turmush o‘rtog‘im ruxsat bermagani uchun bu kasbimdan voz kechdim.  Lekin uyda o‘tirib biror ish bilan shug‘ullansam degan maqsadda edim.  Kursdosh dugonam bor, u ham rasommlikni tashlagan, endi “faberlic” kosmetik kompaniyasida ishlayapti. Nomahramlar bilan muloqatda bo‘lmaydi, ko‘chaga ko‘p ham chiqishni talab qilmaydigan bu ishda erim ruxsat bersa ishlashim joizmi?  Bu ishda mehnat daftarchasi bilan ishlanar ekan.  Bu halolmi?  Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar tarmoqli marketing shartlari topilsa shar’an joiz emas. Vallohu a’lam! https://info.islom.uz/iqtisod/item/23-tarmoqli-marketingdagi-10-khil-jolgon.html

26 May 2022, 09:39 | Savol-javoblar | 132 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar