Tashlab ketilgan farzandning otasi oldidagi farzi

Assalomu alaykum! Ikkita qizim bor, otasi boshqa ayolni deb bizdan voz kechgan. Vaqti kelib qizlarim o‘sib ulg‘aygandan keyin otasi qizlarimdan "mandan roziligimni olishlaring kerak, qarilik chog‘imda mani parvarish qilamaysanlarmi" deb talab qilishi to‘g‘rimi? Chunki otasining qarindoshlari otasi tashlab ketilgan farzand baribir otasini xizmatini qilishi kerak, uni roziligini olishi kerak deb ko‘p ta’kidlashadi. Bunga onaning qirshilik qilishiga xaqqi bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota har qanday holatda ham o‘z maqomida qoladi. Xizmati vojib bo‘ladi. Tug‘ilishiga sabab bo‘lishi ehtirom qilinishiga kifoya qiladi. Farzandlar buni muhabbat bilanmi yoki majburligidanmi bajarishi boshqa narsa. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:12 | Savol-javoblar | 157 | Bola tarbiyasi
|
Boshqa savol-javoblar