Tahorat, namoz

Assalomu alaykum! Uyda chelakka suv quyib, cho‘michda olib yuvinishga ishlatamiz. Bu suvga ishlatilgan suv tushish ehtimoli bor. Bunday suvga tahorat qilsa bo‘ladimi? Yoki boshqa payt yuvinsa bo‘ladami?
2). Sajdada oyoqlarning holati qanday bo‘lishi kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bo‘ladi. 2). Ikki oyoqning barmoqlari erga tegib tovonlar tikka holida bo‘lishi kerak. Mabodo sajdaga ketish yoki qaytishda oyoqlar oz muddat ko‘tarilsa zarari yo‘q. Ammo sajdaga ketayotganda ko‘tarilib, peshonani ko‘tarayotganida qaytib tushsa sajda qilgan bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 158 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar