Otaning o‘limidan so‘ng unga etadigan duo haqida
Assalamu alaykum vr vb. 13 fevral kyni alloh otamga omonat qilib bergan jonni oldi. Foniy dunyodan boqiy dunyoga rihlat qildilar otam. Mana ikki haftadirki otamiz meni onamni ukamni va ahli ayolimning tushlariga kirmoqdalar. Biz besh vaqt namozi duodamiz. Aytingchi otani duo qilsih uchun albatta qabr ustiga borib duo qilish joizmi yoku kynda besh mahal.namozda va taomdan sung uning haqqiga qilingan duo ham kufoyami. Qabrga quygach hali qabrni ziyorat qilmadik.faqatgina duo bn kifoyalanyapmiz ammo ziyoratdagi duoning urni qanday... Va qabristonga qay mahalgacha boriw lozim? Ulimdan sung uning haqqiga beriladigan ehson kun sanalmay aksincha 1-2 oy utkazib qilinsa buladumi??? Shuningdek kecha shom mahal ukam kurgan tushda otam uyimizning ayvoniga hayot bulgan amakim bilan kirib kelib kuzlari yumiq holda ukamga ostonadan turib meni chiqazib yuboringlar debdilar. Ukamni qulidan ushlabtilar ham ukam esa taftlarini his etibdi. Tushdagi meni chiqazib yuboringlar degan suz nima.manoga yaqin.... Biz otamni payshanba kuni peshin va asr oraligida quydik. Asrda farishtalar arshga kytariladilar va juma kuni namozga otlanadilar. Aytingchi otam bn savol-javob faqat 3 kun yani shanba kuni bulgan bulishi mumkinmi? Iltimos duoga urgu berib javob qaytarsangiz. Tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Xar qachon xar qaerda duo qilsa bo‘laveradi. Allohdan otangiz uchun gunohlarini mag‘firat qilishini so‘rab ko‘p duo qiling. Zero o‘lgandan so‘ng bandaga orqasidan savobi etib turadigan amal, bu bolasining otasi haqiga qilgan duosidir. Ularni qabrni ham ziyorat qilib turish kerak. Ehsonni siz aytganday qilish mumkin.
1 May 2022, 05:25 | Savol-javoblar | 154 | Duolar