Uzur, yana Abdulloh domla haqida savol

Assalomu aleykum xurmatli Ustoz. Saytdan ko‘p qidirdim, ammo to‘laqonli javob topa olmadim. Sizga savolim quyidagicha: Sizga O‘shlik Abdulloh domla ma’ruzalari haqida bir qancha savol berishgan ekan. U kishining ma’ruzalari www.taqvo.’om saytiga joylashtirilgan (u erdan fayllarni bemalol ko‘chirib olish imkoni mavjud). U kishi haqida https://forum.islom.uz/smf/index.php?topi’=15850.10;wap2 linki bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni qidirib topdim. Ya’ni: "Abdullox" - domlaning taxalluslari bo‘lib, shaxar axliga shu ism bilan tanilgan, asl ismlari Abdug‘ani. Kirg‘izistonning O‘sh shaxrida tug‘ilgan. Yoshlari 35 atrofida. "Rizq sabablari" va "Payg‘ambarlar silsilasi" darsliklarini minbardan aytgan vaqtda O‘sh shaxridagi «Do‘stlik» masjidida noib imom vazifasida bo‘lgan, 2007 dan xozirgi kunggacha Osh shaxrining bir kichik jum’a masjidida Imom Xatib bo‘lib ishlamokda. Arab tilini mukammal o‘zlashtirgan va shaxarda islom tarixini yaxshi bilgan axli-ilmlardan sanaladi. Ustoz, Sizdan iltimos, agar avval eshitmagan bo‘lsangiz, biroz vaqtingizni ajratib Abdulloh domlaning 1-2 ta ma’ruzalarini eshitib ko‘rsangiz hamda biz yoshlarga tafsiya bersangiz. Ya’ni bu ma’ruzalar ishonchlimi? U kishi Siz haqingizda ham "Ustoz" deb xurmat ila 1-2 o‘rinda aytib o‘tgan ekan. Bu savolni berishdan maqsadim, biz yoshlar ilm yo‘lida yoshlik shijoatimiz yoki ilmsizligimiz tufayli g‘uluvga ketib, bilmasdan turli firqa va oqimlarga aralashib qolmaylik. Javobingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiraman. Alloh Sizu bizdan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ma’lumotlaringiz uchun tashakkur. Sizning taklifingiz uchun ham tashakkur.

21 Aprel 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 205 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar