Jinlar sahoba bo‘la oladimi?
Assalomu alaykum! Savolim shunday edi. Jinlar sahoba bo‘la oladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lganda. Sahoba bo‘lganlari Qur’onda zikr qilingan. Alloh taolo "Jin" surasida marhamat qiladi: قُلْ أُوحِيَ إِلَيَّ أَنَّهُ اسْتَمَعَ نَفَرٌ مِّنَ الْجِنِّ فَقَالُوا إِنَّا سَمِعْنَا قُرْآنًا عَجَبًا 1. Ayt: «Menga vahiy qilindiki, albatta, jinlardan bir necha nafari quloq osdilar va dedilar: «Biz ajoyib Qur’onni eshitdik.
Bu oyatda Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib, aytishlari kerak bo‘lgan ma’noni ham bayon qiladi, ya’ni etti nafar jin u kishining qiroatlariga quloq osganlari va qavmlariga borib, «Biz ajoyib Qur’onni eshitdik», – deb xabar berganlari haqida aytishni buyuradi.
Demak, jinlar Qur’oni Karim tilovatini eshitishlari bilan bu oddiy so‘z emasligini, dunyoda yangi olamshumul voqea ro‘y berganligini fahmlab, bu voqea jinlar hayotida ham katta o‘zgarish bo‘lishiga sabab bo‘lganini darhol tushunib etganlar. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
7 May 2022, 17:55 | Savol-javoblar | 175 | Islam