Tahajjudni jamoat bo‘lib o‘qish

Assalomu alaykum! Tahajjud nomozini jamoat bo‘lib o‘qisa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ibn Abbos roziyallohu anhu bilan birga tahajjudni jamoat bo‘lib o‘qiganlari hadisda kelgan. Ozchilik, bir birini tahajjudga chaqirmasdan jamoat bo‘lishlari joiz. Farz namoziga jamoat bo‘lishga targ‘ib qilgandek targ‘ib qilish joiz emas. Buni fuqaholar “Alattado’iy” deb ta’bir berganlar. Xonadonda oila o‘zining ayoli va farzandlari bilan jamoat bo‘lib o‘qish joiz. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 17:55 | Savol-javoblar | 182 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar