Riyokor singilga zakot

Muhtaram USTOZ! SIZga bo‘lgan chuqur EHTIROM bilan SIZni ikki dunyo SAODATiga erishtiruvchi SHogirdlaringiz qatorida bo‘lishni va SIZ berayotgan ILMni go‘zal tushuntirish orqali DIYNimiz ravnaqi yo‘lida SOBITQADAM bo‘lishni ALLOH :jj so‘ragan holatda navbatdagi Savol bilan murojaat etishga ruhsat bergaysiz?! Zakot beruvchi dugonamning zakotga haqqdor singillari bor. Dugonam o‘tgan yillarda zakotdan singlisiga mablag‘ ajratganini aytib, "bu yildan boshlab umuman uni qarzlarini uzmayman" dedi. Aytishicha singlisi qarzdor bo‘lishiga sabab uning riyokorona qurgan uyi, o‘tkazgan to‘yi va x.k.lari ekan. Dugonam mendan maslahat so‘ramoqda. Siylai rahmda bo‘lgani uchun singlisiga yordam bermayotganidan aziyat chekyapti va bunda qanday yo‘l tutishni bilmaydi. Dugonamni savoliga SIZdan javob olish UMIDIDAman. Javobingiz uchun oldindan TASHAKKUR!!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Riyokorlik uchun qarz bo‘lgan bo‘lsa, unga bu ish noto‘g‘ri ekanini tushuntirish kerak. Qarzidan ortib qolgan moli nisobga etmaydigan qarzdorga beriladi.Qarzdor–boshqa bir odamdan turli sabablarga ko‘ra qarz bo‘lib qolgan odam. Turli ofatlar tufayli nochor holatlarga tushib qolganlar ham shu sinfga qo‘shiladi. Qarzdorlar ikki turga bo‘linadilar: O‘zi uchun sarflab qarz bo‘lib qolganlar va o‘zgalar uchun sarflab qarz bo‘lib qolganlar.O‘zi uchun qarz bo‘lganlarga zakotdan berish shartlari:1. Qarzini o‘zi to‘lay olmaydigan holatda bo‘lishi kerak.2. Qarzni halol va muboh ishga ishlatish uchun olgan bo‘lishi kerak. Ya’ni, shariat ruxsat bergan toat ishlarga ishlatish uchun qarz olib, to‘lay olmay qolgan bo‘lishi kerak. Agar qarzni aroqxo‘rlik, zino, qimor, ayshu ishrat va boshqa noshar’iy ishlarga ishlatish uchun olgan bo‘lsa, zakotdan unga berilmaydi. Muboh lazzat ishlarga isrof qilish uchun qarz olgan bo‘lsa ham, berilmaydi.3. Qarzni hozir to‘lashi kerak bo‘lishi. Agar qarzni to‘lash muddati keyin bo‘lsa, berilmaydi. Ba’zi ulamolar: «Shu yil ichida berishi kerak bo‘lsa, olishga haqli», deganlar. Bu holda qarz va zakot puli miqdoriga qarab har bir holatni alohida ko‘rib chiqib hal qilinsa, yaxshi bo‘ladi.4. Qarz to‘lamasa qamalish hukmi bor qarz bo‘lishi kerak. Ya’ni, odamlarning haqqiga oid qarz bo‘lishi kerak. Alloh taoloning haqqiga oid qarzlar–zakot, kafforotlardan bo‘lgan qarz bo‘lsa, zakotdan berilmaydi.O‘z foydasiga qarz olib to‘lay olmagan odamga qarzini uzishga zakotdan etarli mol beriladi.O‘zganing foydasini ko‘zlab qarzdor bo‘lib qolgan odamga zakotdan berish shartlari:Ikki urushgan tomonni yarashtirish uchun ularning janjaliga sabab bo‘lib turgan molni to‘lab qo‘yishni o‘z zimmasiga olgan, musulmonlar ommasiga foydali bo‘lgan madrasa qurish, shifoxona, etimxona va boshqa joylar foydasi uchun qarz olib, bera olmay qolgan odamga ham qarzini uzish uchun zakotdan beriladi.«O‘lgan odamning qarzini zakotdan uzib qo‘ysa bo‘ladimi?» degan savolga Shofe’iy, Hanbaliy va Hanafiy mazhablari: «Bo‘lmaydi», deb javob berishgan.Zamondosh ulamolarimiz: «Muhtoj kishilarga zakotdan qarzi hasana berib tursa bo‘ladi», deb fatvo chiqarganlar.

3 May 2022, 06:41 | Savol-javoblar | 158 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar