O‘ldirilgan ikki kishi haqida hadis
Assalomu alaykum! Bir kitobda bir xadis o‘qidim, shuni sharxlab bersangiz degan iltimos bilan murojat qilmoqchiman. Bu kitob Imom Navaviyni-Riyozus Solihiyn nom ila yurtimizda tarqalgan. Shu kitob 24-hadisdaAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 《Biri ikkinchisini o‘ldirgan ikki kishining holiga Alloh taolo kuladi. Ularning ikkisi ham jannatga kiradi. Biri Alloh yo‘lida urushib o‘ldiriladi. So‘ngra Alloh qotilni gunohini kechiradi, keyin u musulmon bo‘lib, bas shaqid bo‘ladi》dedilar. Muttafaqun alayx.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biri avval musulmon bo‘lmaydi, o‘sha ishdan keyin u ham musulmon bo‘ladi. 28-BOB.
KOFIRLIGIDA MUSULMONNI O‘LDIRIB, SO‘NG MUSULMON
BO‘LIB, KEYIN TO‘G‘RI YaShAGAN VA O‘LDIRILGAN KIShI HAQIDAعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: يَضْحَكُ اللهُ إِلَى رَجُلَيْنِ يَقْتُلُ أَحَدُهُمَا الْآخَرَ يَدْخُلَانِ الْجَنَّةَ، يُقَاتِلُ هَذَا فِي سَبِيلِ اللهِ فَيُقْتَلُ، ثُمَّ يَتُوبُ اللهُ عَلَى الْقَاتِلِ فَيُسْتَشْهَدُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Alloh biri boshqasini o‘ldirib, ikkalasi ham jannatga kiradigan ikki kishiga kuladi: bunisi Allohning yo‘lida jang qilib, o‘ldiriladi, keyin Alloh qotilning tavbasini qabul qilib, u ham shahid bo‘ladi».
Izoh: «Kulish» Alloh taologa nisbatan ishlatilganda insonlarda sodir bo‘ladigan kulgi, tabassum nazarda tutilmaydi, balki bu Alloh taologa xos sifat bo‘lib, bunday kulish roziliq xushnud bo‘lish, yaxshi qabul qilish ma’nolarini bildiradi. Zotan, hadisda kelgan kulish ma’nosini bildiruvchi «dihk» kalimasining arab tilidagi asl ma’nosi ham «ochiq yuz bilan qabul qilish»dir. ("Oltin silsila" kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!
7 May 2022, 18:06 | Savol-javoblar | 163 | Hadislar