Qarzni qaynday to‘layman
Assalomu alaykum! Men yoshligimda Samarqanddan taksiga o‘tirdim. Taksist yo‘lkirani qimmat aytdi. Kun sovuq edi, men yoshlik qilib moshinani orqasida turgan taksistga tegishli (shapka) bosh kiyimni yo‘l pulini qimmat aytgani xisobiga deb bildirmasdan uni jazolash uchun kiyib tushib ketdim. Bosh kiyimni boshqa faqir kishiga xadya qilib yuborganman. Taksistni topib uzur so‘rab xaqini beraman desam tanimayman. Sizlardan iltimos shu gunoximni yuvish uchun yo‘l ko‘rsatsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Afsus ming afsus bizni farzandlarimiz hatto yoshi kattalarimiz ham birovning haqqidan aslo tap tortmaydigan bo‘lib qoldik. Siz kabi Alloh hidoyat qilganlar birovning haqqini qaytarish g‘amiga tushishmoqda. Hidoyat topmaganlar esa hali hanuz o‘zlarini qilayotgan o‘g‘rilik va qaroqchiliklarini uddaburonlik deb yurishibdi. Kim birovning bir tanga pulini olgan bo‘lsa ham qaytarib bermasa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislariga binoan jannatga loyiq bo‘lsa ham kirolmay turadi. Topolmasangiz nomidan sadaqa qilasiz. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 19:11 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom