Uy joy
Assalomu alaykum! Meni turmush qurganimga 15 yil bo‘lyabti yoshim 42 da 2-turmushim 2 nafar farzandim bor. Shuncha yil davomida bollarimni dadasi uy joy qibermadi ota eshigiga kuyovimni ukasi bizni sig‘dirmeydi. Onamni uyida yashab kelmoqdaman endi ukam xam uydan chiqib keting uyni buzaman diyabti. Shuncha uylari bor, men o‘tirgan 1 xona uyni buzib o‘g‘lini uylanishiga uy solarkan. Ijaraga chikqib yashasin diyabti. Bu qanchalik to‘g‘ri? Ukamni cheki bor, 6 xona uy, tagida mashinasi bor, meni qo‘limda 1 yashar qizim bor o‘qlim endi 1-sinf. Uy joyni turmush o‘rtog‘im qilishini kutishdan boshqa choram yo‘q ota eshigimni bo‘lib bering desam onam “ering uy qibersin, bu uy ukengga” deb onam bermaydi. Bu vaziyatda qanday yo‘l tutishni bilmayabman. Sudga borib o‘z ulushimni bo‘ldirsam gunoxkor bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunohkor bo‘lmaysiz. Ota eshigidan sizga ham merosdan haqqingiz bor. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 02:56 | Savol-javoblar | 138 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunohkor bo‘lmaysiz. Ota eshigidan sizga ham merosdan haqqingiz bor. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 02:56 | Savol-javoblar | 138 | Oila va turmush