Shubxalar va yomon fikrlar

Assalamu alaykum! Man dinimizni farzlarini bajarib kelaman, alxamdulillax. Allohdan qo‘rqaman, gunox qilmaslikka qo‘ldan kegancha xarakat qilaman. Namoz ro‘za koldirmastan bajarman, lekin ramozonda miyamda g‘alati shubxalar paydo bo‘la boshladi. Masalan Alloh borligiga shubxalar, zlimdan kegin tirilishka shubxalar, lekin o‘zimni ishontirishka xarakat qildim. Bu shubxalar o‘zimnikimi yoki shatondanmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz “Robbihfir varham va anta xoyrurrohimiyn” ni ko‘p o‘qib yuring. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ: جَاءَ نَاسٌ مِنْ أَصْحَابِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَسَأَلُوهُ: إِنَّا نَجِدُ فِي أَنْفُسِنَا مَا يَتَعَاظَمُ أَحَدُنَا أَنْ يَتَكَلَّمَ بِهِ، قَالَ: وَقَدْ وَجَدْتُمُوهُ؟» قَالُوا: نَعَمْ، قَالَ: «ذَاكَ صَرِيحُ الْإِيْمَانِ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan bir necha kishi kelib, u zotga: «Ko‘nglimizga shunday narsalar keladiki, bularni aytishni juda og‘ir (gunoh) deb bilamiz», deyishdi. U zot: «Rostdan ham shunday bo‘lyaptimi?» dedilar. «Ha», deyishdi. U zot: «Ana o‘sha ayni iymondir», dedilar».
Sahihul Muslim. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 19:33 | Savol-javoblar | 165 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar