Saxiylar guruhi

Assalomu alaykum! Internetda (telegram) saxiylar guruhi ochilgan unda administratorda plastik bor shu plastik raqamiga hohlaganicha muhtojlarga pul o‘tkazadi keyin borib atalgan insonlarga gruppada aytishligi bo‘yicha muhtojlarga berisharkan shunday qilsa bo‘ladimi yoki bo‘lmasa VAQF tashkilotiga berganimiz ma’qulmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Saxiylar tashkiloti ularga etkazilgan mablag‘larni yuzga-yuz o‘z egalariga aniq etkazib berishligi haqida ma’lumotimiz yo‘q. Bizga etgan xabarlarga ko‘ra ularning hisobi milionerlar darajasiga etgan. O‘z egalariga etkazib ulgurilmagan etarlicha mablag‘ turibdi. Siz o‘zingizga yaqin bo‘lgan va muhtojligi aniq bo‘lgan kishining qo‘liga etkazib bering. Shunda saxovatchilarga yordam qilgan bo‘lasiz. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 23:21 | Savol-javoblar | 181 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar