Alloxning adolati

Assalomu alaykum! Savolim taqdir hamda Allohning adolati haqida, insonning qaysi muhitda tug‘ilishi unga bog‘liq bo‘lmagan narsa ammo aynan shu muhit uning diniga va shu din talablariga judayam bog‘liq narsa, misol uchun Afrika, Hindiston yoki Bangladeshdagi nochor aholi qatlami diniga amal qilaman desa tashqi ta’sirlar ularga xalal beradi, bu ta’sirlarga (moliyaviy, siyosiy, ijtimoiy) holatlar va muammolar kiradi bu esa ularning dindan sovishiga, dinga amal qilishi susayishiga va hattoki murtatlikkacha olib kelishi ehtimoli yuqori, endi esa aksincha Saudia Arabiada yoki BAA kabi boy va dinga amal qilinishiga sharoitlar to‘kis bo‘lgan davlatda tug‘ilish, bu fuqarolarda yuqoridagi kabi muammolar yo‘q, ammo eng asosiysi shu ikki holatdayam din talablari bir xil ammo muhit esa tamoman boshqa, yana bir misol farazan bir nosog‘lom oilaviy muhitda farzand tug‘ildi, ota poraxo‘r haromdan doimiy rizqlanib yuradi va shuning kuchidan bo‘lgan farzand qanaqa bo‘ladi?! Boz ustiga bu oila farzandiga dindan ta’lim bermaydi, nopoklik tarbiyasini olgan farzandning oxirati achinarli, yana bir oilada farzand tug‘ildi, ota taqvoli, ilmli va solih inson, ona ham havas qilsa arzigulik, bu oila farzandi aniqki solihlardan bo‘ladi, shu yuqoridagi holatlarda inson qaysi muhit va sharoitda tug‘ilishni tanlay olmaydi, ammo dinning talabi hammaga barobar, qani bu erda Allohning adolati? Sizda 3 ta farzand bor biriga oliy, ikkinchisiga o‘rtacha va uchinchisiga yomon e’tibor va rag‘batlantirish, rizqlantirishni qilsangiz, bu adolatdan bo‘lmas, aniqki o‘rtada otaga nisbatdan 3- farzandda nafrat uyg‘onib akalariga nisbattan esa hasad paydo bo‘lishi tabiiy! Alloh ham barcha insonlarning yaratuvchisidir, nochor insonlar oiladagi uchinchi farzand bo‘lishi qanchalik to‘g‘ri! Siz savolga javob berishdan oldin o‘zingizni uchinchi farzand o‘rniga qo‘yib ko‘ring, rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gap musulmon oilada yoki g‘ayridin oilasida tug‘ilishda emas. Haq etib borganida uni qabul qilish yoki qilmaslikdadir. Musulmon oilasida, dindor oilada tug‘ilib har kuni haqni eshitib uni qabul qilmasdan kofir va mushrik bo‘lib o‘lib ketayotganlar qancha. Butparastni xonadonida tug‘ilib katta bo‘lib, haqni qidirib, topib musulmon bo‘lib vafot topayotganlar qancha. عَنْ تَمِيمٍ الدَّارِيِّ ، قَالَ : سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ , يَقُولُ : " لَيَبْلُغَنَّ هَذَا الدِّينُ مَا بَلَغَ اللَّيْلُ وَالنَّهَارُ ، وَلا يَتْرُكُ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ بَيْتَ مَدَرٍ وَلا وَبَرٍ إِلا أَدْخَلَهُ اللَّهُ هَذَا الدِّينَ ، بِعِزِّ عَزِيزٍ أَوْ بِذُلِّ ذَلِيلٍ ، عِزٌّ يُعِزُّ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ بِهِ الإِسْلامَ ، أَوْ ذُلٌّ يُذِلُّ بِهِ الْكُفْرَ. رواه أحمTamim Doriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:"Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning : “Bu din tun va kun etib borgan joyning hammasiga albatta etib boradi. Alloh shahar, qishloqdagi va cho‘ldagi uylarni birortasini ham qoldirmay ularga bu dinni kirgazadi. Azizni aziz bo‘lishi bilan va xorni xor bo‘ishi bilan(dinga kirgan kishi) bir azizlikdir. Alloh u bilan Islomni aziz qiladi. (qabul qilmagan kishi) Bir xorlikdir, Alloh u bilan kufrni xor qiladi” deyayotganlarini eshitdim". Ahmad rivoyati.Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu va’dalariga binoan hozirgi kunda har bir xonadonga ogohlantiruvchi kirib kelib bo‘lgan. Xonadon ahliga ogohlantiruvchiga e’tibor berish yoki bermaslik qolgan xolos. Ilm olishga imkoni bo‘la turib, iml olmagan va unga amal qilmagan kishi bilib turib amal qilmagan kishi, bilan barobardir. Qiyomatda “men bilmaganman” degan gapi o‘tmaydi. Hozirgi kunda esa din kirib bormagan joy, xonadon va u haqida eshitmagan inson qolmadi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 20:06 | Savol-javoblar | 163 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar