Dolzarb mavzu
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, savolim shunday xojam 2-ayolni nikohiga olmochi. Hali nikohlari yo‘q, telegramm tarmoqlarida so‘zlashib turishadi. Ammo mendan yozishganlarini berkitadilar, 2 nafar farzandim bor, oilamni saqlab qolmoqchiman. Shu qilgan ishlari joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nikohsiz gaplashish yoki yozishishlari joiz emas. Kuyidagi hukmlar ikkinchi ayolga uylanishga ham ta’alluqli. Kishilarning turli holatlariga qarab, nikohda bo‘lishlari hukmi ham turlicha bo‘ladi. 1. Farz-vojib. Agar bir inson nikohli bo‘lmasa, zinoga borishiga ishonib etsa va nikohga ketadigan sarf-xarajatga ega bo‘lgach, nikohdagi sherigiga zulm qilmasdan, haqqini ado etishiga ishonsa, bunday odamga nikoh farz-vojib bo‘ladi. Chunki musulmon kishining o‘z iffatini saqlashi, harom ishdan tiyilishi vojibdir. Islom shariatida «vojib narsani ado etish uchun kerak bo‘lgan narsani qilish ham vojibdir» degan qoida bor. Bu erda ana shu qoidaga amal qilinadi. Kishi o‘z iffatini saqlashi, harom ishga bormasligi vojib. O‘sha vojibni qilish uchun nikoh – uylanish lozim. Demak, u odam uchun uylanish – oila qurish vojib bo‘ladi. 2. Harom. Agar bir inson nikohlanib, o‘zining nikohidagi sherigiga zulm qilishi va zarar etkazishiga ishonib etsa, bunday odam uchun oila qurish harom bo‘ladi. Bu holatda Islom shariatining «haromga olib boruvchi narsa ham haromdir» degan qoidasi ishga tushadi. Birovga zulm qilish, zarar etkazish – harom. O‘sha zulm va zarardan iborat harom ish nikoh tufayli sodir bo‘lishi aniq bo‘lganligi uchun, bu holatda unga olib boradigan yo‘l – nikoh ham harom bo‘ladi. 3. Makruh. Agar bir inson nikohlansa, o‘zining nikohdagi sherigi – jufti haloliga nisbatan zulm va zarar kelishidan qo‘rqsa, ammo to‘liq ishonmasa, bunday odam uchun nikoh makruhdir. 4. Sunnati muakkada. Mo‘’tadil inson uchun, zinodan qo‘rqmaydigan, oila qursa, jufti haloliga zulm qilishdan, zarar etkazishdan ham qo‘rqmaydigan kishi uchun oila qurish sunnati muakkadadir. Oyat va hadislarning ko‘pchiligida bayon etilgan, hukmi aytilgan holat kishilar orasida ommaviy suratda uchraydigan mana shu holatdir. Nikohning, oilali bo‘lishning sunnati muakkada ekaniga Nabiy sollallohu alayhi vasallamning uylanganlari va nikohda bardavom bo‘lganlari, sahobai kiromlar va keyingi avlodlarning uni mahkam ushlaganlari dalildir. Hanafiylar: «Bu sunnati muakkada vojibga teng», deydilar. Kim bu ishni qilmasa, tarki sunnat qilgan hisoblanadi. 5. Muboh. Uylanishga rag‘bat qildiruvchi narsalar ham, undan man qiluvchi narsalar ham bo‘lmagan holda nikoh muboh bo‘ladi. Ushbu zikr qilingan narsalardan nikoh – oila qurish dinimiz targ‘ib qilgan ibodat ekanini bilib oldik. Erdir, ayoldir – har bir musulmon oila qurishdek mas’uliyatli ishdan chetda tura olmaydi. Ammo, bu ishga kirishishdan oldin har bir inson oila nima ekanini, u nima uchun va qaysi asosda qurilishini yaxshi bilib olmog‘i kerak. ("Baxtiyor oila" kitobidan). Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 04:05 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush