Qarzni berish

Assalomu alaykum! Men ishdan qaytayotganimda avtobus minib uyga qaytaman va yo‘lkira 1200 so‘m, lekin bir sabab bo‘lib menda 1000 so‘m bor edi. Maydam yo‘q deb avtobusdan tushib ketayotib siz rozimisiz desam javob bermadi. Ertasiga shu 200 so‘mni avtobus egasiga qaytaraman desam so‘rab bilsam shafyorlar ham almashinib turarkan. Yuzini esa eslay olmadim. Endi men qanday yo‘l tutay va necha marta guvoh bo‘ldimki shu 200 so‘mni deb janjallar ham bo‘ladi va bazi shafyorlar ham 2 kishi uchun 2500 olishsa 100 so‘m qaytarishmaydi. So‘rashsa agar bazilar 200 so‘m bermaydi. Shuni joyini to‘ldirish uchun deb tortishganlarni ham guvohi bo‘lyabmiz. Shuni qanday bersam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avtobus parkiga etib borsa, bo‘ldi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 20:17 | Savol-javoblar | 135 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar