Bonus olish joizmi
Assalomu alaykum! Men shifokorman. Bizga bemor yuborishganda yoki bemorni o‘zi kelganida yuragida jiddiy muammolari bo‘lganlari ham bo‘ladi, ya’ni jarrohlik amaliyoti o‘tkazish shart bo‘lganlari. Shunda biz ularni bitta joyda ishlaydigan kardiojarrohlarga yo‘naltiramiz. Operatsiya qilingandan so‘ng jarroh bizga bonus beradi. Albatta jarrohlarimiz professional, ilmli, chet ellarda ilm olgan haqiqiy ishini ustalari va asosiy maqsadimiz bonus olish emas bemor tuzalishi bo‘ladi. Shunday holatlarda bonus pulini olishimiz va ishlatishimiz joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uni davolash va kerakli yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish sizning kasbiy vazifangiz. Bu uchun oylik olmoqdasiz. Bu kabi yo‘llar bilan bemorlardan pul undirish durust emas. Vallohu a’lam!
9 Dekabr 2023, 18:20 | Savol-javoblar | 0 | Tabobat