Qiroatdagi xatolar

Assalomu alaykum! Namoz o‘qiyotganda odamlar xato qilishlari mumkin, lekin o‘zlari bilishmaydi. Masalan Fotiha surasi o‘qiyotganda alhamdulillahi ning o‘rniga ahlamdurillohi deyishadi, allohu akbar o‘rniga obloxu akbar Allohi akbar deyishadi va shunga o‘xshash xatolarni o‘zlari bilmagan holda qilib qo‘yishadi. Ular gunoh olishadimi yoki savoblari kamaytiriladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘rilashlari shart. To‘g‘rilagunicha bo‘lganlari uzrli. Tez-tez ularni ogohlantirib turish kerak. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 08:29 | Savol-javoblar | 182 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar