Ilm va ibodat

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, AQShda kompyuter texnologiyasi sohasi bo‘yicha o‘qishim mumkinmi? Hali yoshman va Alhamdullillah ibodatda qoyimman. Savolim shuki bu ilmni o‘rganish ham ibodatga kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta bo‘ladi va shu sohada jamiyatdagi bir kemtiklikni to‘ldirsangiz, ibodat ham bo‘ladi. Unga jamiyat uchun keltiradigan foydangizni niyatini bog‘lab qo‘ysangiz ibodatga kiradi. Havas uchun o‘rganish yoki faqat orzu-havaslar uchun o‘rganish joiz bo‘lsada, ibodatga kirmaydi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 20:17 | Savol-javoblar | 176 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar