Alloh uchun amal qilish

Assalomu alaykum! Biz ibotadlarda (namoz, ro‘za va har qanday amalda) niyat qilganda "Alloh uchun" deb niyat qilamiz. Yaqinda bir hadisga duch keldim... [Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Alloh taolo dedi: «Odam bolasining hamma amali o‘zi uchun, faqat ro‘za Men uchundir va uning mukofotini O‘zim berurman».] ushbu hadisdagi ro‘zasi men uchun va hamma amali o‘zi uchun deyilgan jumlalarni yuqoridagi niyat bilan tushunolmay qoldim. Biz barcha amallarni Alloh uchun deymizku...
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ramazon ro‘zasi Allohning nazdida juda ulug‘ ibodat ekanligiga ishora qilish uchun xolos. Aslida hamma amal Allohning roziligi uchun bo‘ladi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 17:44 | Savol-javoblar | 154 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar