Jannat va do‘zox
Assalomu alaykum! Domla janoblari mening savolim shundan iboratki biz musulmon davlatdanmiz bizda baribir qandaydir gunoh ish bo‘ladi albatta shunga o‘g‘rilik qilgan, zino ish qilgan, erkak bilan erkak jinsi aloqa qilganlar, tuhmat qilgan va shunga o‘xshash gunoh ish qilganlar ham do‘zaxda o‘z jazosini o‘tab bo‘lgandan so‘ng ular ham jahannamdan jannatga chiqishadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! "Janoblari" deyishga hojat yo‘q. Ularning jannatga kirishlari astoydil tavba qilishlariga bog‘liq. Gunohning misoli balchiqqa o‘xshaydi. Balchiq ichidagi odam har qancha cho‘milmasin yana biroz harakat qilsa yana balchiqqa bulg‘anib qolaveradi. Shuning uchun avvalo balchiqdan chiqib cho‘milsa toza bo‘ladi. Xuddi shuningdek gunohkor odam ham tavbasi qabul bo‘lishi uchun gunoh ishdan sug‘irilib chiqishi va tavba qilishi kerak. To‘g‘ri mo‘min bo‘laturib shirkdan saqlanib iymonda vafot topsa, qachonlardir jannatga kirishi bo‘ladi. Ungacha gunohning azobini tortishdi o‘ylashimiz kerak, azob tortish qiyinda. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 21:23 | Savol-javoblar | 193 | Turli savollar