Ro‘za kafforoti haqida

Assalomu alaykum! Men Samarqanddanman Toshkentga ishga kelgandim. 15 kundan uzoqni qasd qilib. Ramozon oyi boshida. Men Toshkent shaxriga yaqin joyda joylashdim va ishimiz yo‘l qurilishi bo‘lganligi sababli Angrenga ya’ni 120 km uzoqlikka ishga qatnab ishlaymiz. Ro‘za tutib kelyotgandim va ishda vaqtim qasddan ro‘zamni buzib quydim Alloh kechirsin. Shunda menga kafforat vojib bo‘ladimi yoki qazo?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qazosini tutib berasiz. Kafforot vojib emas. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:08 | Savol-javoblar | 124 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar