Spirtli ichimliklar qo‘yilgan dasturxonda o‘tirish

Alloh qilayotgan hayrli ishlaringizni ziyoda qilsin. Bayram va boshqa o‘tirishlarda do‘stlarim meni chaqirishadi. Lekin ular orasida spirtli ichimliklar ichadigani ham bor. Men ularga “spirtli ichimlik qo‘yilgan ziyofatlarga bormayman” deb aytaman. Ular “o‘zing ichmasang bo‘ldiku” deyishadi va qarshilik ko‘rsatsam hujjat so‘rashadi. Spirtli ichimliklar qo‘yilgan dasturxonda o‘tirish mumkin emasligi haqida hujjat bormi? iltimos shunga batafsil to‘xtalsangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alloh taolo mo‘min bandani harom va gunoh narsalarga yaqinlashmaslikka amr qilgan. Aroq bor dasturxonda o‘tirish gunohdir. Siz qiziq odam ekansiz. Ular dalil keltir desa, so‘rayverasizmi?. Senlar aroq ichishga ruxsat borligiga dalil keltirgin, keyin men keltiraman demaysizmi?!

26 May 2022, 20:50 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar