Cho‘chqaning miyasini yog‘i bo‘lgan dori vositasi

Assalomu alaykum! Men farzandimni da’volash maqsadida dori sotib olgan edim, dorining tarkibini o‘qib ko‘rganimda tarkibida cho‘chqa yoki molni miyasining yog‘i bor (kompleks peptidov aminokislot, poluchennыx iz svinogo ili bыchego golovnogo mozga) deb yozilgan ekan. Ushbu dori vositasini davo sifatida qo‘llash qanchalik to‘g‘ri? Yonboshdan ukol qilinadigan dori. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ba’zi bir tushunmagan yoki tushunishni xohlamagan insonlar, xamrni dorilik uchun ozgina ichsa bo‘lar ekan, degan gapni ko‘tarib yurishadi. Aslida xamrning barcha turi — ichiladigani ham, chekiladigan ham, hidlanadigani ham, igna bilan qabul qilinadigani ham ozdan boshlanib ko‘pga o‘tar ekan. Davoga deb ozdan boshlab dardga uchrash xavfi hayotiy tajribalarda yaqqol namoyon bo‘lgani aniq. Shuningdek, islomda bu narsa tamomila harom qilingan. عَنْ طَارِقِ بْنِ سُوَيْدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ : أَنَّهُ سَأَلَ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ الْخَمْرِ فَنَهَاهُ، ثُمَّ سَأَلَهُ فَنَهَاهُ، فَقَالَ لَهُ: يَا نَبِيَّ اللهِ إِنَّهَا دَوَاءٌ، قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : لَا، وَلَكِنَّهَا دَاءٌ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَمُسْلِمٌ.Toriq ibn Suvayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«U kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan xamr haqida so‘raganida u zot nahiy qildilar. So‘ngra u yana so‘radi. Bas, u zot yana nahiy qildilar. «Ey Allohning Rasuli! U davodir», dedi u.«Yo‘q! Aksincha, u darddir!» dedilar u zot».Abu Dovud, Termiziy va Muslim rivoyat qilganlar.Sharh: Ushbu rivoyatda vasf qilingan hodisa, savol-javob va hukmdan ming besh yuz yil muddat o‘tgandan keyin insoniyat haqiqatan xamr, mast qiluvchi narsalar dard ekanini ilmiy ravishda ochiq-oydin tushunib etdi. Lekin afsuslar bo‘lsinkim, ilmi bo‘lib iymoni bo‘lmagan insoniyat ilmiy isbot qilingan dardga mahkam yopishib olib kundan-kunga uni ko‘proq tanovul qilishga o‘tmoqda.Ba’zi bir tushunmagan kishilar, dorilik uchun ozgina ichsa bo‘lar ekan, degan gapni ko‘tarib yurishadi. Ushbu hadisi sharif ularning ziddigadir.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: نَهَى النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ الدَّوَاءِ الْخَبِيثِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam iflos doridan nahiy qildilar».Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.Sharh: Chunki, Islomning shiori poklikdir, Iymonning asli poklikdir. Shuning uchun Islom va Iymon ifloslikni har qanday ko‘rinishini, hech qachon qabul qila olmaydi. Islom va Iymon har qanday ifloslikni yo‘q qilish uchun barcha imkonlarni ishga solib kurashadi. Iflos narsa hech qachon foydali, binobarin, davoli ham bo‘la olmaydi.عَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ اللهَ أَنْزَلَ الدَّاءَ وَالدَّوَاءَ، وَجَعَلَ لِكُلِّ دَاءٍ دَوَاءً، فَتَدَاوَوْا وَلَا تَدَاوَوْا بِحَرَامٍ.Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Albatta, Alloh dardni va davoni tushirgan. Va har bir dardga davo qilib qo‘ygan. Bas, davolaninglar. Faqat harom ila davolanmanglar», dedilar».Sharh: Demak, nomi harom narsa borki, davo bo‘lishi mumkin emas ekan. Shuning uchun musulmon odam taomi halol bo‘lishini talab qilganidek, dorisi halol bo‘lishini ham talab qilishi kerak. وَقَالَ ابْنُ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: مَا أُبَالِي مَا أَتَيْتُ إِنْ أَنَا شَرِبْتُ تِرْيَاقًا أَوْ تَعَلَّقْتُ تَمِيمَةً أَوْ قُلْتُ الشِّعْرَ مِنْ قِبَلِ نَفْسِي. رَوَاهُمَا أَبُو دَاوُدَ. وَاللهُ أَعْلَى وَأَعْلَمُIbn Umar roziyallohu anhu:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Agar tiryoq ichsam, tumor ossam va o‘zimdan she’r aytsam, (bundan keyin) nima qilganimga parvo qilmayman», deganlarini eshitdim», dedi».Ikkisini Abu Dovud rivoyat qilgan. Alloh oliy va bilguvchiroqdir.Sharh: «Tiryoq» zaharni qaytaradi, degan e’tiqodlar, qilinadigan xurofiy ishlar, turli dam solish, narsalar ichish kabi johiliy choralardir.Misol uchun o‘sha vaqtlarda butxona kohinlaridan shu maqsadda tumor qildirib olishar ekan. Boshqa birlari esa, ko‘zoynakli ilonning go‘shtini xamr-mast qiluvchi ichimlikka qorib esa zahar ta’sir qilmaydi, deb shu ishni qilar ekanlar.«Tumor» ma’lum va mashhur narsa.Xususan, o‘sha paytlarda odamlar kohinlarga turli tumorlarni qildirib olib, bu meni undan saqlaydi, bundan saqlaydi, degan buzuq e’tiqod ila yurar edilar.«O‘zidan she’r aytish» deganda bo‘lgan-bo‘lmagan, maza-matrasi yo‘q she’rlarni aytish ko‘zda tutiladi.Ushbu sanab o‘tilgan ishlarni qilgan odam yaxshilikdan umid qilmasalar ham bo‘lar ekan. Modomiki bularni qildimi, boshqa gunohlarni qilishda beparvo bo‘lsa ham bo‘laveradi. Chunki shularning o‘zi har qanday gunohning o‘rnini bosadi.Bu mavzudagi barcha dalil va hujjatlarni yaxshilab o‘rganib chiqqan ulamolar, jumladan, hanafiy mazhabi fuqaholari quyidagi xulosaga kelganlar. Umumiy qilib aytganda harom va najas narsa bilan davolanish mumkin emas. Agar dardni davolash uchun halol narsalardan shifo topilmasa va harom narsa davo bo‘lishi aniq bo‘lsa, u bilan davolanishga istisno tariqasida ruxsat.Erkaklar uchun harom qilingan ipak, tillo va kumushlarni davo uchun ishlatsa bo‘ladi. Erkaklar qichima dardiga yo‘liqqanlarida tibbiy maqsadlarda ipak kiyim kiyish joizligiga barcha fuqaholar ittifoq qilganlar.Bunga imom Buxoriy Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abdurrohman ibn Avf va Zubayr roziyallohu anhumolarga qichima bo‘lib qolganlarida ipak kiyim kiyishga ruxsat berganlari haqidagi hadisni dalil qilganlar.Fuqaholar jumhuri erkak kishi tillo yoki kumushdan tish qilish joizligiga ittifoq qilganlar. Agar bir nechta bo‘lsa ham mayli, deganlar. Shuningdek, tishga tillo yoki kumush qoplash ham mumkin deganlar.Bu hukmga quyidagi dalillar keltirilgan:1. «Arjafa ibn As’ad roziyallohu anhuning Kilob urushi kuni burni kesildi. U o‘ziga kumushdan burun qilib oldi. Ammo u sasib ketdi. Bas, Nabiy sollallohu alayhi vasallam amr qildilar va u o‘ziga tillodan burun qilib oldi».Imom Termiziy rivoyat qilgan.2. Muso ibn Tolha, Abu Jamra az-Zob’iy, Abu Rofe’ ibn Sobit al-Banoniy, Ismoil ibn Zayd ibn Sobit, Mug‘iyra ibn Abdulloh va boshqalar tishlariga tillo qoplaganlari haqidagi rivoyat. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 21:56 | Savol-javoblar | 142 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar