Turmush qurushlik
Assalomu alaykum! Oilada 5 qiz farzandmiz. Ota onam ham biz ham taqvo yo‘lidamiz alhamdulillah. 1-turmushimdan 1 nafar qiz farzandim bor. Taqvodor bo‘lmagan insonga turmushga chiqdim, qars ikki qoldan chiqadi balki sabrsizligim sababmi ajrashdik. Bu orada taqvodor deb o‘ylagan insonga nikohlandim, lekin u kuchli nashaga berilgan taqvo yo‘lini niqob qilgan inson bo‘ilb chiqdi. Bir necha bora sms orqali ham uch taloq bergan. Qizimga ham befarq. Ota onam uyiga qaytdim. U esa har xil bo‘xtonlar bilan nomimni bulg‘ab kelmoqda. Xijobi niqob tarzidagi gaplar. Unga nisbatan esa hech qanday fikr ham chora ham ko‘rmayapman. Alloh mushkulimni oson qilsin. Hozirda 1-turmush o‘rtog‘im u bilan nikoh o‘qitib yana yashashimni so‘rayapti. Lekin o‘tmishimni yuzimga solib ancha azob beryapti. Har ikkisiga ham javob bermayapman. bunday vaziyatda nima qilmoqlik joiz? Turmushga chiqishlikdan ko‘nglim qoldi astag‘furillah!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Istixora qilavering. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 21:56 | Savol-javoblar | 141 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Istixora qilavering. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 21:56 | Savol-javoblar | 141 | Oila va turmush