Rukya oyatlarini disk va kassetadan eshitib davolanish

Assalomu alaykum muxtaram ustoz! Sizga muxim savol bilan murojaat kilishga ijozat bersangiz:Ma’lumki, rukya (dam solish)ga shariatda ruxsat berilgan. Agar takvoli, solix musulmon dam soluvchi bulsa, unga dam soldirish afzal buladi, lekin xozirda ’d -disk va kassetalarga rukyani yozib olib, eshitish orkali xam davolanishi tugrisidagi ilmiy dalillar tarkalmokda. Shunday dalillardan biri uz.islambio.’om veb saytidagi kuyidagi likndagi makolada aks etadi: https://uz.islambio.’om/?’ategory_name=sehr_kuzBu makolada kuz tekkan insonlarga diskka yozilgan rukya berilganligi, betob inson uni bush vaktlarida doimo tinglaganligi sababli shifo topganligi suratlar vositasida yoritilgan. Yana shunday ma’lumot muslimaat.uz saytida chop etilgan "Sexr" makolasida xam bayon etilgan: Makolada kuz tekkan va jin tekkan kishiga kilinadigan muolaja bayon kilinib, bu muolaja tarkibida shunday amallar xam bor: iktibos: Ikkinchi holat:Bemor "Ruqiya"ni o‘qish asnosida chayqalish (boshning aylanishi), yoki titrash yoki bo‘shashib ketish, yoki qattiq og‘riqni his qiladi. Ammo hushidan ketmaydi. Ushbu holatda bemorga "Ruqiya"ni uch bor takror o‘qiladi, agar hushdan ketib, tilidan muvakkal jin gapirsa, birinchi holatdagidek muomala qilinadi, agar hushdan ketmasa-yu, ammo titrash va og‘riq engillashib, pasaya borsa bemorga "Ruqiya"ni 3 kun yoki 7 kun, yoki 9 kun o‘qish lozim, Alloh taoloning izni bilan tez orada shifo topadi. Agar bemor tuzalmasa ushbularni qilish lozim:1 - Audio kassetaga Qur’ondagi "Soffat" surasini bir marta to‘liq yozilib, so‘ngida "oyatul kursiy" (Baqara 255-oyat)ni qayta-qayta yoziladi. Ushbu kassetani bemor bir kunda uch marta eshitadi2 - Namozni jamoat bilan o‘qiydi. (Erkak kishi imkon qadar masjidga chiqib o‘qiydi, ayol kishi uyda jamoat bilan o‘qishga harakat qiladi. Ikkidan ortiq kishi arablarda ko‘pchilik, ya’ni jamoat hisoblanadi);3 - Bomdod namozini o‘qigach, 100 marta "Lo ilaha illa-l-lohu vahdahu la shariyka lahu lahul mulku va lahul hamdu va huva ’ala kulli shay’in qodir" zikrini o‘qiydi. Ushbu amallarni bir oy muddat ichida bajaradi." Uchinchi holat:Uchinchi holat bu kasalning "Ruqiya"ni o‘qish asnosida hech narsani his qilmasligi. Bunday holatda yana bir bor bemorda alomatlar haqida so‘raladi. Agar bemorda "sehr yoki jin tegish" alomatlari topilmasa, demak u sehrlangan ham, jin tekkan ham emasdir. Yanada ishonch hosil qilmoq uchun unga uch bor "Ruqiya" ni o‘qib ko‘rish mumkin. Agar bemorda alomatlar topilsa-yu, unga "Ruqiya"ni o‘qilganda hech narsani sezmasa, - bu esa juda kam bo‘ladi - u holda unga ushbu vazifalar topshiriladi:1 - Audio kassetaga "Yosin", "Duxon", va "Jin" suralarini yozib bemorga ushbu suralarni bir kunda uch marta eshitish buyuriladi; 2 - Bir kunda bemor 100 marta yoki undan-da ko‘proq "Istig‘for" aytishi (ya’ni gunohlarining kechirilishini Allohdan so‘rab, "Astag‘firulloh" kalimasini aytishi) lozim; 3 - Bir kunda 100 marta yoki undan ko‘proq "La havla va la quvvata illa billahi" kalimasini o‘qiydi. Ushbu vazifalarni bir oy muddat bajargach, bemorga "Ruqiya"ni o‘qiladi va avvalgi ikki holatdagidek muomala qilinadi." iktibos tugadi.Agar e’tibor beriladigan bulsa bu muolajalarda boshka vazifalar va amallar bilan bir katorda kassetaga yozilgan oyatlarni eshitish xam kiritilgan. Yukoridagilardan xulosa kilib, savolimni beraman: Rukya oyatlarini kasseta va diskka yozib, kasal odamga eshittirish orkali muolaja kilsa buladimi?Javobingiz uchun tashakkur! Xurmat ila talabangiz Umidjon
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz aqliy dalil keltiribsiz. Men naqliy dalilga asoslanib aytgan edim. Haqiyqiy musulmon inson jihozdan ming marta eshitganidan ko‘ra o‘zi bir marta o‘qigani miliyon marta afzal. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tahassun oyatlarni har kim o‘zi o‘qishini tavsiya qilganlar. Birovga o‘qitishni emas. Siz bir kishining qiroat sajdasi haqidagi aqliy dalilini dam solishga taqqoslagan bo‘lsangiz, men barcha musulmonlarning bu dunyodagi hidoyatchisi va oxiratdagi shafoatchisi, ikki olamning sarvari, Robbul olamiynning payg‘ambari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilmoqchi bo‘ldim. Har kimga niyatiga yarasha beriladi, inshaalloh.

28 Aprel 2022, 21:34 | Savol-javoblar | 154 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar