Surrogat ona to‘g‘risida

Assalomu alaykum! Men yaqinda "surrogat ona" tushunchasini o‘qib qoldim. Izlash xizmatidan foydalanib surrogat ona xaqida bir marta so‘ralgan ekanligini ko‘rdim. Unda "mumkin emas" deb javob berilibdi. Savolim: Surrogat onaning yomon taraflari nimada? Axir bunda xech qanday "er xotinlik alokasi" bo‘lmaydi-ku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Nikoh va er xotinlik aloqasi bo‘lmagani uchun ham shar’an harom. Inson bir idish emaski ikki odamni urug‘ini unga solib bola tug‘diradigan. Bachadoniga solingan bolaga o‘sha onaning hamma tabiati va xulq o‘tadi. Go‘yoki zinodan urug‘ hosil qilib tug‘ib bergan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 16:37 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar