Ish rivoji uchun ishxonani o‘qitish

Assalomu alaykum! Bizning ishxonada ish yurishmayapti deb domla olib kelib ishxonaga dam soldirishmoqda. Bu xolatda domla qo‘llariga pichoq ushlab olib xolbuki jin haydamoqda, ketidan suvga dam solib ishxonani aylanib sepib chiqdilar. So‘ngra isiriq bilan qalampir ilib qo‘yinglar deb aytmoqda. Men bu narsalarga ishonmaganim uchun rahbarlarimga bu noto‘g‘ri narsa desam ishonishmayapti. Shu yuzdan sizga savol yo‘lladim. Bu ish to‘g‘rimi yoki noto‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mutlaqo noto‘g‘ri. Undan ko‘ra hammangiz tahoratni qilib, peshonani sajdaga qo‘yib takror-takror Allohdan so‘ranglar. Yurituvchi ham to‘xtatuvchi ham Allohning O‘zi. Alloh taolo “Fotiha” surasida  إِيَّاكَ نَعْبُدُ وإِيَّاكَ نَسْتَعِينُ۝ 4. Faqat Sengagina ibodat qilamiz va faqat Sendangina yordam so‘raymiz - denglar deb turgan bo‘lsa, “G‘ofir” surasida وَقَالَ رَبُّكُمُ ادْعُونِي أَسْتَجِبْ لَكُمْ إِنَّ الَّذِينَ يَسْتَكْبِرُونَ عَنْ عِبَادَتِي سَيَدْخُلُونَ جَهَنَّمَ دَاخِرِينَ۝60. Robbingiz: «Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman. Albatta, Mening ibodatimdan kibr qilganlar jahannamga xoru zor hollarida kirurlar», – dedi deb turgan bo‘lsa. Nega boshqalardan madad so‘raysizlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:16 | Savol-javoblar | 185 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar