Sochga zaytun moyini surtish

Assalomu alaykum! Bir necha yil avval adashmasam aziz ustozimiz Shayx Hazratlari rahimahullohning kitoblaridan Rasulalloh sallollohu alayhi vasallam qizlari Fotima roziyallohu anhoga sochlariga zaytun moyini surtishni tavsiya qilganlari haqida o‘qigan edim. Shu hadisni endi hech topa olmayapman. Agar shunday hadis bo‘lsa shuni bizga bildirsangiz. Adashgan bo‘lsam tavba qilaman va uzr so‘rayman.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hadis bor. فقد أمر النبي صلى الله عليه وسلم بالأكل منه والادهان به فقال صلى الله عليه وسلم: كلوا الزيت وادهنوا به، فإنه من شجرة مباركة. رواه الترمذي وابن ماجه Nabiy sollallohu alayhi vasallam zaytun iste’mol qilishga va u bilan moylanishga buyurib,  “Undan englar va u bilan moylaninglar, chunki u muborak darxatdandir” deganlar. 
Ibn Moja rivoyati. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 18:58 | Savol-javoblar | 155 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar